Jannat va do'zax sifatlari
45 000 UZS
Munir nashriyoti
192 sahifa
Qattiq muqova
13 x 20 sm
Ўзбек тили (кирилл)
Maʼlumki, jannat va do‘zax yaratilgan. Hozir ular mavjud va abadiydir, yo‘q bo‘lib ketmaydi. Bunga har bir mo‘min-musulmonning imon keltirishi farzdir. Bandaning oxirgi boradigan manzili yo jannat, yoki do‘zax bo‘ladi. Jannat ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson zoti xayoliga kelmagan son-sanoqsiz neʼmatlar bilan to‘ladir. Bu go‘zal mukofot imon keltirib, ezgu ishlar qilgan zotlar uchun oldindan tayyorlab qo‘yilgan. Albatta, jannat barcha mo‘minlar ko‘z tikkan ulug‘ makondir. Qolaversa, undagi neʼmatlar o‘z egasini intizor bo‘lib kutib turadi. Jannat ahli jannatda, do‘zax ahli jahannamda abadiy qoladi. Bunga hech qanday shak-shubha yo‘q. Faqat do‘zaxga tushgan osiy mo‘mingina gunohiga yarasha jazoni olgach, jannatga kirgiziladi.
Kitobda jannat va do‘zax hamda ularning sifatlari haqida kelgan oyati karimalar, hadisi shariflar atroflicha bayon qilingan. Mazkur asarni mutolaa qilgan kishi beixtiyor dimog‘ida xushbo‘y hidlarni, ayniqsa, jannat islarini tuysa, ajab emas.
Xumoyun Abdumalikov
24.08.2023
Murodali
25.03.2023
yetkazib beriladimi dostavka
ilovda kitob arzon ekan men 100k.uz sayti orqali qimmatga sotib oldim munir nashriyoti hamkorlik qilgan saytlar bilan narx oʻzingiz belgilab bersangiz yaxshi boʻladi juda narxini koʻtarvorishgan kitob olishga vaqtim yoʻqligi uchun buyurtma bergandim buyerda narx 45.000 soʻm 100k.uz da esa 105.000 sotishyapti insof sari baraka 10 qoʻlni ogʻizga solishibdi ular