Mashina qanday yasaladi?
42 000 UZS
Munir nashriyoti
56 sahifa
Qattiq muqova
17x20
O'zbek tili (lotin)
Mashina qanday yasalishi katta-kichikka qiziq bo’lishi tabiiy. Bunda o’zgacha g’oya, tafakkur va bilim kerak bo’ladi.
Mashina qanday yasaladi? U qanday qismlardan iborat? Ishni nimadan boshlash kerak? Mashina “yuragi” – dvigatel o’t olishi uchun qanday detallar ishga tushadi?
Bu kabi qiziq savollarga javob topish maqsadida kitob qahramonlari: kalamush Arni, chumchuq Bill hamda qurbaqa Grouch (Kristian) mashina yasash uchun bel bog’lashadi. Bu g’oya Billdan chiqadi. Oqsoqligi tufayli kamsitilgan Arni do’stining bu taklifini qabul qiladi. Grouch qo’lidan kelgancha ularni ustaxonasidagi mashina detallari bilan ta’minlab turadi. Ular maqsadlariga erishadimi, yo’qmi, nimalarga ahamiyat berishadi – bularni mutolaa davomida bilib olasiz.
Kitob yoshlarbop, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.