Mototsikl qanday yasaladi?
42 000 UZS
Munir nashriyoti
56 sahifa
Qattiq muqova
17x20
O'zbek tili (lotin)
Erta bahor. Uch dovyurak sayohatchi: kalamush Arni, chumchuq Bill va qurbaqa Kristian o‘zlari tuzib yasagan samolyotda uzoq janubdan ortga qaytishdi. Safar ularni holdan toydirgan va yangi tajribalar, ehtimol, ularning dunyoqarashini o‘zgartirgan bo‘lsa ajabmas.
Uyda ularni do‘stlari: Titch va Fred, eng muhimi, yangi sinov jarayoni kutib turardi. Arni aslida hech qanday yangi ishga aralashmasdan, qiz do‘sti Lyusi bilan vaqt o‘tkazishni maqsad qilgandi. Ammo voqealar rivoji uni rejalarini o‘zgartirishga majbur qiladi. Kutilmagan yutuq va mag‘lubiyatlar to‘xtovsiz davom etadi va oxir-oqibat hamma narsa butunlay chappasiga aylanib ketadi. Kitobda ishonch bilan aytish mumkin bo‘lgan yagona jihat shuki, o‘quvchi mototsiklning qanday tuzilgani va ishlashini tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi.