Mukoshafatul qulub
29 000 UZS
Munir nashriyoti
Avgust 3, 2021 yil
Ўзбек тили (кирилл)
Ming yillardan buyon butun dunyoda “Hujjatul Islom” unvoni bilan ulug‘lanib kelayotgan Imom Abu Homid G‘azzoliy asarlari Islom dini mohiyatini barcha nozik jihatlarigacha e’tiborga olingani, teran tafakkur va idrok etilgani, tushuntirilgani bilan ajralib turadi. E’tiqodiy masalalarga alohida xassoslik, mehr-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan bu sifatlar, shubhasiz, o‘quvchilarni ham insonning dunyoga kelishidagi ilohiy hikmat, yashashdan maqsad hamda vazifalari haqida chuqur o‘ylashga undaydi.
Allomaning “Qalblar kashfiyoti” deb nomlangan ushbu kitobida ham Alloh taologa doimo itoatda, qo‘rquv va zikrda, sevgi-muhabbatda bo‘lish fazilatlari hamda U Zotni, Rasulini unutish oqibatida shaytonning ochiq dushmanligi bilan inson tabiati va hayotining turli sohalarida halokatli holatlar kelib chiqishi haqida ta’sirli, jozibali hikoya qilinadi. Asar Payg‘ambarimizning (sollallohu alayxi va sallam) butun umri singari ibratli bo‘lgan so‘nggi kunlari hamda vafotlarini bayon etish bilan yakun topgan.

Shunchakisinov
26.01.2026

Sultanov Nurilla
23.12.2025
джуда зор китобакан манга роса ёрдам бервот

Yangibayeva Maftuna
14.12.2025
hali oʻqib tugatmadim. Lekin hammaga tavsiya qilaman. Narxiga ham oʻqigan vaqtingizga ham arzidi.

Alimov Anvar
02.11.2025
zor kitob

Ifora
24.10.2025
Endi o'qib ko'raman

menda kitobibor oqisa arzidigan kitip judazor foydali malumotlariham juda kop