Qiyomat va o'limdan so'ng o'limni eslash
80 000 UZS
Munir nashriyoti
384 sahifa
Qattiq muqova
17 x 24 sm
Ўзбек тили (кирилл)
Bu kitob inson hayotidagi eng muhim masalalardan biri – o‘lim va undan keyingi holatlar haqida so‘z yuritadi.
Asar insonni dunyoviy hayotga qattiq bog‘lanib qolishdan ogohlantirib, oxiratni yodga olib yashash, hayotning har bir lahzasini maʼnaviy komillik va taqvo bilan o‘tkazish zarurligini taʼkidlaydi. Unda o‘limning og‘irligi, qabr hayoti, farishtalarning so‘rog‘i, qayta tirilish, hisob-kitob, jahannam va jannat manzaralari keng qamrab olingan. Muallif bu mavzularni Qurʼoni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislari va solih zotlarning hikmatli so‘zlari bilan asoslab beradi.
Kitob o‘quvchini nafsni tarbiyalash, gunohdan yuz burib, yaxshilikka intilish, dunyoga aldanmaslik va har doim oxiratni yodda tutishga daʼvat etadi. Imom G‘azzoliyning samimiy va taʼsirli uslubi, qalbga taʼsir qiluvchi naqllari va ibratli hikoyalari bu asarni nafaqat ilmiy, balki maʼnaviy, tarbiyaviy jihatdan ham boy manbaga aylantiradi.
