Shifo oyatlari va ma'sur duolar
13 900 UZS
Munir nashriyoti
Ўзбек тили (кирилл)
Eʼtiqodli inson xursandchilik yoki mahzunlikda, ayniqsa, bemorlik vaqtida darhol yaratgan Xoliqi tomon talpinadi. Hidoyatda bardavom bo‘lishini O‘zidan tilaydi, Undangina najot so‘raydi va Undangina haqiqiy shifoni istaydi. Zero Alloh taolo insonni azizu mukarram etib yaratdi va unga barcha narsalarning ilmini va, shu jumladan, tabiiy va maʼnaviy shifo yo‘llarini bildirdi.
Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘z sunnatlarida kasalliklardan davolanish va shifo topish usullarini bayon qilib berdilar. Ushbu risolada so‘z shu haqda yuritiladi. Risola, inshaalloh, ruhiy va jismoniy dardlardan xalos bo‘lishda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi, degan umiddamiz.